11:50 / 16.06.2020
1126
«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi tabiiy ofatlardan yetkazilgan zararlarni qoplashda davom etmoqda

Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlari hududlarini qamrab olgan kuchli shamol, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi to‘g‘onning buzilishi natijasida ko‘plab turar joy binolari katta zarar ko‘rdi.

Foto: O‘zbekinvest

Ushbu voqealar sodir bo‘lgan kunning ertasigayoq «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining xodimlari tezkor ravishda murojaat qilgan mijozlarning uy-joylariga yetib bordilar va ushbu tabiiy ofat natijasida vayron bo‘lgan va ziyon ko‘rgan mol-mulklarini baholash ishlarini amalga oshirdilar.

Murojaatlar tezkor ravishda ko‘rib chiqilib, qisqa vaqt ichida sug‘urta qoplamalari amalga oshirildi, ularning hajmi joriy yilning 12 iyuniga qadar 3,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

  • Buxoro viloyati
    Kelib tushgan murojaatlar soni: 175
    To‘lab berilgan tovonlar (mln so‘m): 2 330,4
  • Sirdaryo viloyati
    Kelib tushgan murojaatlar soni: 20
    To‘lab berilgan tovonlar (mln so‘m): 1 241,8
  • Navoiy viloyati
    Kelib tushgan murojaatlar soni: 13
    To‘lab berilgan tovonlar (mln so‘m): 224,7
  • Samarqand viloyati
    Kelib tushgan murojaatlar soni: 12
    To‘lab berilgan tovonlar (mln so‘m): 32,9
  • Jami:
    Kelib tushgan murojaatlar soni: 220
    To‘lab berilgan tovonlar (mln so‘m): 3 829,7

«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiga berilgan sug‘urta himoyasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishni davom ettirmoqda.

Eng muhim qadriyat – inson hayoti, yo‘qolgan mol-mulk yoki ko‘rilgan zarar «O‘zbekinvest» tomonidan qoplanadi.

«O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati

Top