21:36 / 17.06.2020
10372

Oqqonga chalingan murg‘ak qalblar yordamga muhtoj. Ularning sog‘ayishiga sizni sababchi qilsin

Alloh o‘z suygan bandalariga dard berib sinaydi. Kasallik bilan kurashish esa oson emas. Ayniqsa kasallik uzoq vaqt davolanishni talab qilsa.

Xabaringiz bor, Kun.uz jamoasi Toshkent shahridagi Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Bu safar ham oqqon kasalligiga chalingan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik.

Dilnura Kuldasheva

Dilnura Kuldasheva – 2009 yil 15 avgustida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida dunyoga kelgan. Murakkab qon xastaligi tashxisi bilan ushbu institut klinikasida 2019 yil 17 yanvardan buyon davolanib kelmoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, bu kasallikda eng ko‘p qon yo‘qotish holati yuz beradi. Agar dard o‘z vaqtida davolatilmasa, qon ketishi ko‘payib, ichki qon ketish holati ham ro‘y berishi va bemor bevaqt hayotdan ko‘z yumishi mumkin.

Dilnurani davolashning imkoni bor. Faqat buning uchun katta mablag‘ talab etiladi. Davolatishni to‘xtatmaslik kerak. U nasib etsa tuzalib ketishi mumkin.

«Bolangiz ko‘z oldingizda so‘lib boryapti. Lekin siz hech narsa qilolmaysiz. Ona uchun dunyoda bundan yomoni yo‘q. Yaxshi insonlarning yordamiga juda-juda muhtojmiz», — deydi uning onasi.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma'lumotlar:

Onasi Dildora Kuldasheva nomiga ochilgan karta (Payme, Click)

Uzcard: 8600 0417 3583 0284

Rossiyadagi saxovatpesha yurtdoshlarimiz uchun Ulug‘bek Malikov Ganiboyevich nomiga ochilgan Sberbank VISA plastik kartochkasi:

4276 3801 4706 5481

Telefon: +998903516205

Ozodbek Ahmedov

Ozodbek Ahmedov – Yoshi 11da, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Toshrabot kishlog‘ida yashaydi. Ozodbek ham bir necha yildan beri oqqon xastaligi bilan kurashib kelmoqda.

Otasi oddiy ishchi, onasi uy bekasi bo‘lgan Ozodbek hozirda davolanish kurslarini davom ettirish uchun yaxshilar yordamiga muhtoj.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma'lumotlar:

Otasi Anvar Boynazarov nomiga ochilgan karta:

Uzcard: 8600 0604 5253 3798

Onasi Zubayda Ergasheva nomiga ochilgan karta:

Humo: 9860 1301 3479 4150

Telefon: +998913096113

Zabihullo Ahmadov

Zabihullo Ahmadov – 8 yoshda, Namangan shahridan kelgan. Zabihullo hozirda birinchi kurs davo muolajalarini olyapti. Onasi E'tibor Abdurahmonovaning ta'kidlashicha, Zabihullo yolg‘iz farzand. Yolg‘iz ona farzandini davolatish uchun juda qiynalmoqda. Oilaning sharoiti og‘ir, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Hozirda oila yaxshilar yordamiga muhtoj bo‘lib turishibdi.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma'lumotlar:

Onasi E'tibor Abdurahmonova nomiga ochilgan kartalar:

UzCard: 8600 1309 6699 3547

Humo: 9860 0401 1412 0849

Telefon: +998913419462

Saxovatli va yaxshilikka tashna vatandoshlar! Ishonamizki, sizga havola qilayotgan ushbu xayriya aksiyamizga befarq bo‘lmaysiz. Sizlar sababchi bo‘lib qanchadan qancha bemorlarimiz shifo topmoqda. Qilgan yaxshiliklaringiz ulkan ajr-savoblar bilan mukofotlansin.

Rahmatillo Isroilov

 Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top