Toshkentda Turkiya universitetining filiali tashkil etildi
Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 iyunda “Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 389-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filiali tashkil etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabarida aytilishicha, Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filialida ta'lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
Filial nodavlat oliy ta'lim tashkiloti hisoblanib, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishni kengaytirish, ta'lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish va boshqalar uning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.
Prezidentning 2020 yil fevral oyida Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va shu asosda Toshkent shahrida Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti filialini tashkil etish belgilab berilgan edi.
Mavzuga oid
19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55 / 26.12.2024
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
21:04 / 22.12.2024