24 dekabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 880-sonli qarori bilan, Toşkent şahrining 2045 yilgaça bölgan davrga möljallangan boş rejasi tasdiqlandi.
Rejada mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda tegişli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida poytaxtdagi aholi punktlari konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratilgan.
Endilikda har qanday quriliş işlarini amalga oşiriş tasdiqlangan boş reja asosida, belgilangan tartibda uşbu hududning master-rejasi, batafsil rejalaştiriş loyihasi yoki quriş loyihasi işlab çiqilib, tasdiqlagan holda amalga oşiriladi.
Boş rejani işlab çiqişdan asosiy maqsadlar quyidagilar:
- qurilişga ruxsat beriş jarayonlarini tartibga soliş;
- şaharning muhandislik xamda yöl-transport infratuzilmasini, umumiy strategiyasini rejalaştiriş;
- şaharning yaşil va sanitar himoyalanadigan hududlari xamda madaniy merosini muhofaza qiliş;
- iqtisodiy-ijtimoiy rivojlaniş yönalişlarini belgilaş; aholining bugungi va istiqboldagi talablarini qanoatlantiriş.
Boş reja şaharning mavjud me’moriy-fazoviy va rejaviy ma’lumotlarini öz içiga olgan raqamli «Geoaxborot tizimi» (GIS) platformasida şakllantirilgan holda işlab çiqilgan. Şuningdek, demografik tendensiyalar böyiça tadqiqotlar ötkazilgan.
«Migratsiya va tabiiy ösiş ma’lumotlariga asoslanib, infratuzilma va turar joy loyihalari, şu jumladan, transport va muhandislik tarmoqlarini ortiqça yuklanişdan himoya qiliş rejalaştirildi», – deyiladi hukumat qarorida.
Boş rejaga köra, poytaxt Toşkentning ma’muriy çegaralari doirasidagi hozirgi umumiy maydoni 43 ming 873 gektarni taşkil etadi. Aholi soni 3 million bölib, 2045 yilgaça 7,4 million kişigaça yetişi mumkin.
Soddalaştirilgan körinişdagi Boş reja Toşkent şahri hududlarini kuyidagi zonalarga ajratib beradi:
Konservatsiya zonalari – şaharning ekologik va sanitariya holatini şuningdek, madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy şaroitlarni yaxşilaşga qaratilgan xolla, yaşil hududlar, suv va yöl böyi himoya hududlari xamda madaniy meros maydonlari muhofaza qilinadi va uşbu hududlarda qöşimça turar va noturar bino xamda inşootlar qurilişi taqiqlanadi.













