17:00 / 18.06.2020
3116
Yotoq yaralarning zamonaviy profilaktikasi

O‘zbekistonda shunday odamlar borki, biz ularni ko‘chalarda juda kam ko‘ramiz. Bular nogironlar, og‘ir bemorlar, keksalar, jismoniy imkoniyatlari cheklanganligi tufayli alohida parvarishga muhtoj insonlardir. Zamonaviy jamiyat bunday insonlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi.

Ular uchun turli xil reabilitatsion dasturlar tuzish, ijtimoiy moslashuvlari uchun ko‘mak berish jarayonida vasiy degan tushuncha paydo bo‘lgan. Bugun aynan mana shu mavzuni batafsil muhokama qilishni xohlardik.

Alohida e'tiborga muhtoj yaqinlarini parvarishlayotgan insonlar qanday vaziyatlarga tushadilar va nimalarga duch keladilar?

Alohida parvarish deganda bir kishini ovqatlantirish, harakatlanishiga ko‘maklashish, gigiyenik masalalarda yordam berish kabilar tushuniladi. Ovqatlantirish bo‘yicha hammasi oddiy va tushunarli bo‘lsa, harakatlanishda nogironlar aravachasi, yurishga ko‘maklashuvchi vositalar, hassalar kabi ayrim ko‘maklashuvchilar bor.

Gigiyenik jihatdan esa maxsus vositalar paydo bo‘lganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ular yordamga muhtoj odamning hayotini yengillashtirishga xizmat qiladi.

Gigiyenik muolajalar vasiylar uchun qo‘llanmalarda bir necha asosiy punktlarga bo‘lingan:

1) Terini tozalash;

2) Teri aktivatsiyasi va regeneratsiyasi;

3) Terini himoyalash;

Teri inson organizmida: nafas olish, himoya va organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish kabi qator vazifalarni bajaradi. Harakatlanish disfunksiyasi singari nuqsonga uchragan kishida teri quruqshashi, elastik va regenerativ xususiyatlari pasayishi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida yotoq yaralar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Gap shundaki, inson tanasi to‘qimalari juda elastik devorlarga ega kapillyarlar yordamida kislorodga to‘yinadi. Muntazam o‘tirish yoki yotish natijasida ularning bosim ostida qolishi qon aylanishining susayishi yoki hatto butunlay to‘xtab qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday paytda yotoq yaralar profilaktikasi davolash jarayonining ajralmas qismiga aylanadi.

Bemorlarning noto‘g‘ri parvarishi vaziyatni yanada chuqurlashtirishi mumkin. Axir to‘g‘ri va muntazam parvarish og‘ir bemorlarda yotoq yaralar profilaktikasida muhim shartdir.

Kundalik parvarishlashda terini tozalash uchun suv bilan yuvib tashlash shart bo‘lmagan ko‘piklar va cho‘milish uchun losonlar qo‘llaniladi. Ayni holatda nega suv va sovun to‘g‘risida gapirmayapmiz? Gap shundaki, og‘ir bemorni har kuni cho‘miltirish jismonan juda murakkab va ayrim bosqichlarda hatto mumkin ham emas. Ammo tozalik ham bemorning sog‘ayishi va kayfiyatida muhim o‘rin tutadi.

Endi vasiylar uchun ajoyib yangilik bor!

O‘zbekistonda Seni Care vositasi paydo bo‘ldi. Yaqingacha ham vasiylar parvarishlash vositalarini xorijdan buyurtma qilib keltirishar edi va bu o‘ziga yarasha noqulaylik tug‘dirardi.

Og‘ir bemorlar uchun ishlab chiqilgan bu mahsulot yotoq yaralar profilaktikasi bilan birga terisi siydik va axlat kabi ajralmalarga muntazam tegib turadigan insonlarga qo‘l keladi.

Mahsulot vasiylar va og‘ir bemorlar bilan muntazam ishlovchi xospislar xodimlari fikrlari hamda talablari asosida tayyorlangan.

Seni Care parvarishlovchi vositalarining barchasi inson terisiga yuqori sifatda parvarish qilish va yotoq yaralarning oldini olish imkonini beradi.

Tozalashning dastlabki bosqichda suvsiz terini yuvish, ayniqsa tagliklarni almashtirish vaqtida turli xil iflosliklarni tozalashda Seni Care ko‘pikni taklif qilamiz. U badanning ifloslangan joyiga sepiladi va barcha qurigan kirlarni eritib olishi uchun 1-2 daqiqa kutiladi. Keyin sochiq yoki salfetka yordamida qattiq bosmay va ishqalamay artib olinadi hamda shu tarzda jarohatlanishning oldi olinadi.

Ko‘pik tarkibida pantenol, zig‘ir biokompleksi, zaytun moyi mavjud va bu terini namlantirish bilan birga yallig‘lanishning ham oldini oladi.

Shuningdek, ko‘pik tarkibida – SINODOR mavjud bu komponent siydik na axlatni  noxush hidini bartaraf qiladi.

Ikkinchi bosqich sifatida biz teri regeneratsiyasi va faollashishini belgiladik. Bu bosqich yotoq yaralar profilaktikasida juda muhim hisoblanadi. Bunda bemorni teskari o‘girib, yotoq yaralar paydo bo‘lishi ehtimoli bor sohalar – bel, yelka, dumbalar va tovonlar kabilarda yengil uqalash tavsiya qilinadi.

Massaj muolajalari jarayonida qon aylanishini yaxshilash uchun Seni care faollashtiruvchi (aktivatsiya) gelini surish tavsiya qilinadi. Uning tarkibida Guarana ekstrakti, kamfora va kofein mavjud hamda bu unsurlar kapillyarlar mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi. Bisabolol teri regeneratsiyasiga yordam beradi, glitserin namligini oshiradi va massaj jarayonida silliqlikni kuchaytiradi.

Uchinchi bosqichda esa terini siydik, axlat va sifatsiz so‘riluvchi mahsulotlardan himoyalashdan iborat. Seni care mahsulotlari orasida yotoq yaralar profilaktikasi uchun rux oksidli himoya kremi mavjud. Rux oksidi yara paydo bo‘lish hududlarida yallig‘lanish va bezillashni bartaraf qiladi. Krem tarkibidagi lanolin suv qochiruvchi qoplam hosil qiladi.

Professional kosmetik vositalar bemorlar parvarishini sifatli va qulay amalga oshirish imkonini beradi hamda vasiylar hayotini yengillashtirishda qo‘l keladi. Bu o‘z navbatida alohida e'tiborga muhtoj bemorlarning muammolari yechimiga xizmat qiladi.

Mahsulot haqida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘tish kifoya:

instagram.com/seni.uz

Seni Care mahsulotlarini quyidagi havolalar orqali xarid qilishingiz mumkin:

t.me/OxyMedbot
instagram.com/savii_dorixona
express24.uz

Reklama huquqi asosida

Top