17:55 / 21.06.2020
79861

Toshkent, Samarqand va Andijonda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 56 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 21 iyun soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6272 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahri (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 10 nafari Samarqand viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 9 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Andijon viloyatida aholi orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha jami 119ta holat qayd etildi.

Shuningdek, Toshkent shahrigi davolash muassasalarida 66 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 87 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4377 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 1876 bemor davolanmoqda, ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top