15:21 / 22.06.2020
8462
Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd ommaviy savdolar asosida xususiylashtirishga tayyorlanmoqda 

Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd MChJ ommaviy savdolarga tayyorlanmoqda

Foto: RIA Novosti

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi shaffoflikni ta'minlagan holda Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd mas'uliyati cheklangan jamiyatini ommaviy savdolar asosida xususiylashtirishga tayyorlamoqda.

Agentlik xabarida aytilishicha, bu jarayonga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy investitsiya vositachilari hamda auditorlik kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd mas'uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi - 57,118 foiz ulush “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasiga va 42,882 foiz The Coca-Cola Export Corporation (AQSh) kompaniyasiga tegishli.

Top