15:48 / 22.06.2020
5514

Toshkentda PPX xodimlariga fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish kerakligi eslatildi

Toshkent shahar IIBBda PPX shaxsiy tarkibi bilan qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilish haqida suhbat o‘tkazildi.

Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasining shaxsiy tarkibi bilan Kadrlar boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent shahri bo‘yicha O‘z xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan yig‘ilish o‘tkazilib, unda qonunchilik va xizmat intizomi buzilishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

IIBB xabariga ko‘ra, yig‘ilish davomida xizmat intizomi buzilishi sabablari muhokama qilindi. Savol-javob tariqasida shaxsiy tarkibning respublika va poytaxtda hodisalar haqida ma'lumot tekshirildi. Shaxsiy tarkib bilan xodimlar tomonidan xizmat vazifasiga mas'uliyatsiz munosabatda bo‘lish holatlari muhokama qilindi. 

Shuningdek, tadbir davomida xodimlarga xizmat vazifasini olib borish davomida fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, ibrat bo‘lish kerakligi eslatildi.

“Har qanday qonunbuzarlik va xizmat intizomi buzilishi holatlari intizomiy yig‘ilishda Kadrlar boshqarmasi va O‘z xavfsizlik xizmati vakillari ishtirokida muhokama qilinishi qayd etildi”, - deyiladi ma'lumotda.

Top