17:01 / 23.06.2020
62921
Uch hududda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 35 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 23 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6535 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 5 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Bugun bungacha Toshkent viloyatidagi karantin markazida 15, Toshkent shahrida 13 (12 nafari karantin, 1 nafari aholi orasida), Surxondaryo viloyatida 11 (9 nafari karantin, 2 nafari aholi orasida) holat qayd etilgani xabar qilingandi.

Bugun hozircha 74ta yangi holat qayd etildi, 70 bemor tuzalib chiqdi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4520 nafarga yetdi. 

Ayni vaqtda shifoxonalarda 1996 bemor davolanmoqda, ulardan 15 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top