17:30 / 29.06.2020
3878
«Turkiston» banki «Barqaror» reytingini oldi

Rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tgan «Turkiston» xususiy aksiyadorlik tijorat banki «uzB++» darajadagi «Barqaror» reytingini oldi. 

«Turkiston» xususiy aksiyadorlik tijorat banki 1998 yil tashkil topgan bo‘lib, 22 yildan ortiq vaqt davomida bank xizmatlari bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. «Turkiston» banki o‘z faoliyati davridagi boy tajriba hamda jahon bank amaliyotida tan olingan, bank biznesini yuritishning eng zamonaviy usullari va texnologiyalaridan imkon qadar samarali foydalanishni yaratib beruvchi o‘z taraqqiyot strategiyasiga ega.

Hozirgi kunda bankning bosh ofisi, 2ta filiali, 3ta bank xizmatlari markazida va 2ta mini-bankida mijozlarga barcha turdagi sifatli va tezkor bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Bankning mijozlari soni 25 mingdan ortiq bo‘lib, ularning 18 mingga yaqini jismoniy shaxslar, 2,3 mingga yaqini korxona va tashkilotlar hamda 1,7 mingga yaqini xususiy tadbirkorlardir.

«Turkiston» banki O‘zbekistonda birinchi bo‘lib elektron pullar emitentiga aylandi. Hozirgi vaqtda bank barcha asosiy va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy o‘sishga ega. Bankning yangilangan strategiyasi yuqori kapitalizatsiyani va ayni paytda ishonchlilik va barqarorlikni nazarda tutadi. Bank yuqori darajadagi joriy likvidlilikka, aktivlarning izchil o‘sishi va ularni qoplashning barqaror manbalariga ega. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarning barchasi «Standard&Poor's» xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan baholangan.

Bankning eng asosiy tamoyili – mijozlarga yuqori darajadagi servis ko‘rsatish va hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli sherikchilik o‘rnatish. Yana bir e'tiborli tarafi shundan iboratki, shu kunlarda bank xorijning axborot texnologiya sohasida yetakchi kompaniyalari bilan zamonaviy avtomatlashtirilgan bank tizimini yo‘lga qo‘yish ishlarini yakuniga yetkazdi. Bu o‘z navbatida bir qancha, onlayn mahsulotlarni taqdim etishga platforma yaratadi, shu qatorda yangi mobil ilova va yana ko‘plab yangi mahsulotlar ham yaratiladi. 

Shuningdek, bank o‘zining yangi va zamonaviy interaktiv veb saytini ishga tushirdi. Jozibador ko‘rinishga ega bankning yangi sayti bir qator qulayliklarga ega. Unda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishga yangicha yondashilgan. Bir qator bank mahsulotlariga sayt orqali onlayn buyurtma bersa bo‘ladi. Bu pandemiya sharoitida mijozlar uchun yaxshi qulaylikdir. Xozirgi kunda sayt sinov rejimida ishlamoqda iyul oyida barcha funksiyalari to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Bank o‘zining yangilangan rivojlanish strategiyasi asosida rivojlanish yo‘lidagi ishlarini faollik bilan davom ettirmoqda va yaqin kelajakda o‘z bo‘linmalarini ko‘paytirishni mo‘ljal qilib qo‘ygan.

Reklama huquqi asosida

Top