Bosh prokuratura 700 ming dollarlik pora haqidagi xabarlarga izoh berdi
Bosh prokuratura internet tarmog‘ida muqaddam tuman prokurori katta yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxs poytaxt fuqarosi va «Turkiston bank» xodimlarining jinoyat ishlari bo‘yicha masalalarini «hal qilib berish»ni va'da qilganligi haqida tarqalgan xabarga rasmiy munosabat bildirdi. Xabarlarda sobiq xodim 700 ming AQSh dollari pora sifatida olinganligi qayd etilgandi.
Bosh prokuraturaning ma'lum qilishicha, hozirgi kunda yuqoridagi holat bo‘yicha 2013 yilda «Turkiston bank» XOATB xodimlariga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov qilingan jinoyat ishi doirasida qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirib berish uchun 300 ming AQSh dollarini aldov va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan olganligi yuzasidan bir guruh shaxslarga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchilar mansabdor shaxslar hisoblanmaydi va hech qanday xizmat mavqeiga ega emasligi ta'kidlanadi.
Toshkent viloyati Nurafshon shahar prokuraturasining ish yurituvida prokuratura organlarining sobiq xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud emas.
Ta'kidlanishicha, tergov siri nuqtai nazaridan jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ma'lumotlar hozirda oshkor qilinishi maqsadga muvofiq emas.
Bundan oldinroq UzNews.uz saytida Toshkent shahrida muqaddam tuman prokurori katta yordamchisi bo‘lib ishlagan A.B. 2013 yil yozida o‘z uyida, Yunusobod tumanida yashovchi K.O.ni aldab, «Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan unga nisbatan ko‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirib beraman» deb, firibgarlik yo‘li bilan 300 ming AQSh dollarini olgani, 2013 yilning kuzida esa XOATB «Turkiston bank» xodimlariga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan qamoqdan chiqarish evaziga 400 ming AQSh dollarini olib, dalolatchi sifatida pora berishga qiziqtirgani aniqlangani haqida xabar bergandi.
Xabarda ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qism «a» va 28, 211-3 «a» bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Toshkent viloyati Nurafshon shahar Prokuraturasidan tomonidan tergov ishlari olib borilayotgani qo‘shimcha qilingandi.
Mavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:07 / 30.11.2024
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
14:48 / 17.11.2024