21:33 / 29.06.2020
2163
Turkiya parlamentining 3 deputati koronavirusga chalindi 

Turkiya parlamentida Xalqlar demokratik partiyasi vakillari bo‘lgan 3 deputatning koronavirus tahlili natijalari musbat chiqdi.

Foto: AFP

Turkish Minute nashri xabariga ko‘ra, deputatlar parlamentdagi farroshlardan birida o‘tgan hafta koronavirus aniqlangandan keyin parlamentning boshqa a'zolari bilan birga test topshirgan.  

Virusga chalingan deputatlarning ismlari oshkor qilinmagan. Shunisi ma'lumki, ularning barchasi tibbiy nazorat ostiga olingan va og‘ir alomatlarga ega emas.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 200 mingdan, vafot etganlar soni 5 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top