15:25 / 08.07.2020
6597
Tramp AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bir oy ichida yaxshilanishini aytdi

Amerika prezidenti infeksionist Entoni Fauchining AQShda kasallik aniqlanish holatlari sutkasiga 100 mingtagacha yetishi mumkinligi haqidagi fikriga qo‘shilmadi.

Foto: REUTERS / Jonathan Ernst

AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bir oy ichida sezilarli darajada yaxshilanadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Gray Television telekanaliga bergan intervyusida aytdi

 "Ikki, uch yoki to‘rt haftadan keyin uchrashganimizda juda yaxshi holatda bo‘lamiz", - dedi Tramp koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni qanday baholashi to‘g‘risidagi savolga javob berarkan.

Tramp ayrim shtatlarda kasallik qaytadan avj olganini qayd etdi.

"Ammo ko‘rayotgan barcha choralarimiz, tayyorlanayotgan barcha dorilarimiz va vaksina paydo bo‘lishi bilan tez orada juda yaxshi holatda bo‘lamiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Amerika prezidenti shuningdek, infeksionist Entoni Fauchining AQShda kasallik aniqlanish holatlari sutkasiga 100 mingtagacha yetishi mumkinligi haqidagi fikriga ham qo‘shilmadi.

"Fauchiga keladigan bo‘lsak, u niqob taqmaslik kerakligini aytgandi, endi esa taqish kerak deyapti, Xitoy bilan qatnovni to‘xtatmaslik kerak degandi, lekin men to‘xtatgandim. Agar shunday qilmasak, vaziyat yanada yomon bo‘lishi, o‘limlar yanada ko‘p bo‘lishi mumkin edi", - dedi Tramp.

 So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 3 milliondan oshgan, 134 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top