12:45 / 14.07.2020
9608
Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

14 iyul, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:34 da Afg‘onistonda zilzila yuz berdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, zilzila koordinatalari: 39,96 gradus shimoliy kenglik; 69,31 gradus sharqiy uzunlik. Toshkentgacha masofa 145 kilometr janubiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda – 4,7, chuqurlik – 10 kilometr.

Zilzila O‘zbekistonning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

  • Namangan : 496 km, 2 ball;
  • Andijon: 485 km, 2 ball;
  • Farg‘ona: 431 km, 2 bal;.
  • Guliston: 471 km, 2 ball;
  • Jizzax: 473 km, 2 ball;
  • Samarqand: 483 km, 2 ball;
  • Termiz: 326 km, 2 ball;
  • Qarshi: 513 km, 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, 9 iyul kuni Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezilgan, Toshkent va Jizzaxda sezilgan yerosti silkinishining kuchi 3 ballni tashkil etgandi.

Top