14:30 / 14.07.2020
4552

BMT bosh kotibi Ozarboyjon va Armanistonni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

Foto: Reuters

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Ozarboyjon va Armanistonga murojaat qilib, to‘qnashuvlarga barham berish hamda ziddiyatni taranglashmasligi uchun muzokaralarni boshlashga chaqirdi. Bu haqda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi, deb yozmoqda TASS.

“Bosh kotibi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga va barcha ishtirokchi tomonlarni vaziyatni yumshatish bo‘yicha choralar ko‘rishga, shuningdek, fitnali savollardan o‘zini tiyib turishga chaqiradi”, - deyiladi bayonotda. 

12 iyul kuni Ozarboyjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari chegaraning respublika qismiga artilleriyadan foydalangan holda hujum qilishga uringanligini xabar qildi. Vazirlik janglar dushanbaga o‘tar kechasi ham davom etganini bildirdi. Oqibatda 4 nafar ozarboyjon askari halok bo‘lgan, 4 kishi harbiy yaralangan. O‘z navbatida, Armaniston mudofaa vazirligi axborot xizmati, chegaradagi vaziyat Ozarboyjon tomonining urinishlaridan so‘ng keskinlashganini bildirdi. Yerevan ma'lumotlariga ko‘ra, 2 politsiyachi va 3 nafar harbiy xizmatchi yengil jarohat olgan. 

Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi ziddiyat 1988 yil fevral oyida Tog‘li Qorabog‘ tufayli kelib chiqqan. O‘shanda, Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati Ozarboyjon SSR tarkibidan chiqqanini e'lon qilgan edi. 1992-1994 yillardagi qurolli mojaro oqibatida Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ va uning yaqinidagi 7ta tuman ustidan nazoratni yo‘qotdi. 1992 yildan buyon ziddiyatga tinch yo‘l bilan barham berish borasida muzokaralar o‘tkazib kelinadi. 

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top