19:46 / 14.07.2020
12672
Olimlar koronavirusni shaharlarning kasalligi deb atashdi
Foto: Aly Song / Reuters

Koronavirus — bu shaharlarning kasalligi. 14 iyul kuni Rossiya qishloq xo‘jaligi akademiyasi saytida e'lon qilingan «Rossiyaning shahar muhitini rivojlantirish va uni COVID-19 oqibatlariga moslashtirish istiqbollari» hisoboti mualliflari shunda xulosaga kelishgan.

«COVID-19 pandemiyasi Rossiyada iqtisodiyotning mavjud aholini joylashtirish va hududiy tashkillashtirish tizimida jiddiy risklar borligini, ular muhitni rivojlantirish sohasida amaldagi davlat siyosati ishlab chiqilishida hisobga olinmaganini ko‘rsatib berdi. Koronavirus — bu shaharlarning kasalligi. Deyarli barcha davlatlarda shunday qonuniyat ko‘zga tashlanmoqda — kasallik o‘chog‘i yirik shaharlarda shakllanmoqda, shundan so‘ng rivojlanish darajasi past bo‘lgan boshqa hududlarga tarqalmoqda», — deyiladi tadqiqotda.

Rossiya qishloq xo‘jaligi akademiyasi (RANXiGS) mutaxassislari shu yilning bahorida yirik shaharlardan aholining chiqib ketishini pandemiyaga nisbatan reaksiya degan xulosaga kelishgan. Buning oqibati o‘laroq, mamlakatdagi aglomeratsion jarayonlarni rag‘batlantirishga ular tanqidiy yondashuvga majburlaydi.

Gap Rossiyada 2025 yilgacha muhitni rivojlantirish strategiyasi haqida bormoqda, u kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirishga ham yo‘naltirilgan, deb yozadi «Gazeta.ru».

Olimlarning fikricha, koronavirus pandemiyasi aholining turarjoy xarakteristikasi va shahar muhitiga nisbatan talablarini ham o‘zgartiradi. Ular ichki migratsiya vektori «yoqimliroq iqlimga ega bo‘lgan janubiy hududlar» tomon siljishi mumkinligini ham inkor etishmayapti.

Avvalroq, simptomlarga ega bo‘lmagan insonlar bilan kontaktda bo‘lib koronavirus yuqtirib olganlar soni COVID-19ning og‘ir shakli bilan og‘riyotlardan yuqtirganlarga nisbatan ko‘proq ekanligi oydinlashgan edi.

O‘tgan hafta oxirlarida Hongkong universiteti tibbiyot maktabi dekani, professor Gabriel Leung koronavirus infeksiyasining yuquvchanligi 30 foizga oshganligini aytgan edi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top