20:30 / 16.07.2020
21677
Realme 6 seriyasi telefonlari O‘zbekiston bozorida debyut qilmoqda

Zeriktirib qo‘ymasligi kafolatlangan kuchli o‘yin protsessorlari, 90 gs chastotali ekran, ultra tez zaryadlash qobiliyati va noyob realme UI interfeysi.

realme brendi 20 iyuldan boshlab O‘zbekistonda yangi mahsulotlari sotuvini boshlaydi: 6 seriyasining 6i'dan tortib 6 Pro'gacha bo‘lgan barcha modellari, shuningdek budjet tasnifidagi C3 flagmani. Ularning har biri o‘zining super quvvati tufayli «qahramon-smartfon» nomiga munosib.

realme – 2018 yil may oyida asos solingan va 2020 yil boshidayoq dunyo smartfon ishlab chiqaruvchilari reytingida yettinchi o‘rinni egallay olgan brend.

Global pandemiya sharoitlarida dunyo bo‘ylab sotuvlar 13 foizga pasaydi. realme brendi esa sotuvni ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lgan kam sonli brendlardan biri hisoblanadi. 2019 yilning birinchi choragiga taqqoslaganda realme smartfonlarini yetkazib berish o‘sishi 157 foizni tashkil etdi. 35 milliondan ortiq qurilma o‘z xaridorini topishi va 808 foizlik yillik o‘sish sur'ati realme’ni dunyodagi eng tez rivoj topayotgan smartfonlar brendiga aylantirmoqda.

Bugungi kunga qadar realme brendi dunyoning 27 bozorida, shu jumladan Xitoy, Hindiston, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo, Yevropa, Rossiya, Avstraliya, Yaqin Sharq va Afrikada munosib tarzda namoyishlarini o‘tkazgan.

Unumdorlik, zamonaviy dizayn va hamyonbop narx realme brendi mahsulotlarining asosiy afzalliklari hisoblanadi. Kompaniya ilg‘or texnologiyalar sohasida BBK Electronics va Oppo kompaniyalrining ishlab chiqarish quvvatidan foydalanadi, buning natijasida u flagman texnologiyalarini eng yaxshi narxlarda taqdim eta oladi. Bugungi kunda realme brendi Xiaomi Redmi'ning asosiy raqibidir.

realme har bir bozorga individual yondashadi, madaniyatning alohida xususiyatlarini inobatga olib, xaridor talablariga mos keluvchi mahsulotlarni taqdim qiladi. Kompaniya yuqori samaradorlik, zamonaviy tashqi ko‘rinish va arzon narxlarga e'tibor qaratgan holda, texnologiya bozoridagi tendensiyalarning yaratuvchisi hisoblanadi. Ushbu brend O‘zbekiston bozori uchun realme 6 seriyasining 3ta modelini: realme 6, realme 6i va Android 10 operatsion tizimidagi realme 6 Pro, shuningdek budjet tasnifiga kiruvchi realme C3 o‘yin smartfonlarini taqdim etadi.

realme 6 – displeyda tasvir o‘zgarishini eng silliq tarzda namoyon etuvchi o‘z toifasidagi 90 Gs chastotali ekranga ega birinchi smartfon. 64 megapiksellik kamera shovqinni bartaraf etuvchi yuqori tafsilotlarga boy kadrlar olishga imkon beradi. Displeyga AI-go‘zallik imkoniga ega 16 megapikselli selfi kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, u oddiy va tungi portret rejimida ham suratlar oladi. Videokamera UIS stabilizatsiya tizimi bilan jihozlangan, bu esa kadrlardagi harakatlar silliq va tabiiy chiqishini kafolatlaydi. Smartfonning o‘yinlar uchun mo‘ljallangan kuchli MediaTek Helio G90T protsessorida ishlashi dasturiy ta'minot qobig‘i va boshqa jihozlar bilan birgalikda uni budjet segmentida eng samarador modelga aylantirgan. Shuningdek, komplektatsiya qutisiga 30 Vt hajmli quvvat olish qurilmasi ham qo‘shilgan bo‘lib, smartfon 55 daqiqada 100 foiz zaryadlanadi va bu xususiyat ham o‘z sinfidagi eng tezkoridir.

realme 6i kvadrokamera, katta sig‘imli batareya va kuchli Helio G80 protsessori bilan jihozlangan. 5000 mAh quvvatga ega batareya modelga mukammal avtonomlikni taqdim qiladi: bitta quvvatlash ikki kun ishlash uchun yetarli. Kutish rejimida smartfon 39 kungacha yoniq turishi mumkin. realme 6i dizayni Naoto Fukasava tomonidan yaratilgan yapon minimalizmi uslubida. Smartfon yaltiramaydigan qobiqqa ega va ikkita rangda taqdim etilgan – «Oq sut» va «Yashil choy».

realme 6 Pro – ultra silliq 90 Gs displey, 4 modulli va 20-karrali zumga ega 64 megapikseldagi kvadrokamera va ikkita selfi kamera o‘rnatilgani (16 Mp asosiy va 8 Mp keng burchakli) bilan maqtana oladi. Nighscape 3.0 tungi rejimi kunning qorong‘i qismida ham tiniq suratlar olish imkonini beradi. realme 6 Pro sakkiz yadroli Snapdragon 720G protsessori bilan jihozlangan birinchi smartfon bo‘lib, u tezkorlikda bozor peshqadamidir. 4300 mAh quvvatga ega batareya bir zaryadlashda bir yarim kun tinimsiz ishlash xususiyatini kafolatlaydi.

realme C3 juda kuchli 5000 mAh sig‘imli batareyaga ega, bu esa apparat va dasturiy quvvatni tejash qobiliyatlari bilan birgalikda bir zaryadda 727 soatdan ko‘proq kutish rejimini yoki onlayn videolarni 20 soatdan ko‘proq vaqt davomida tomosha qilish imkonini kafolatlaydi! Smartfon ekrani diagonali – 6,5 dyuym. HD+ sifatli ekran siz nima bilan shug‘ullanishingizdan qat'i nazar: o‘qiysizmi, film tomosha qilasizmi yoki video o‘yin o‘ynaysizmi, qulaylikni mutlaqo ta'minlaydi.

Smartfon soatiga 2,0 gigagersgacha tezlikda ishlovchi MediTek Helio G70 protsessori bilan jihozlangan. Qurilma tezligi va uzluksiz ishlashining sababi ham shu.

realme brendi ostidagi smartfonlar o‘z narx segmentida narx/sifat nisbati jihatidan boshqa raqobatchilarga nisbatan tubdan ustundir. Brendning «Dare to Leap» («Jasur bo‘l») deb yangrovchi o‘z falsafasi mavjud. Shu sababli, kompaniya mijozlari orasida eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni afzal ko‘radigan, ammo buning uchun ortiqcha pul to‘lashni istamaydigan yosh xaridorlar ko‘pligi ajablanarli emas.

O‘zbekistonda realme 6 seriyasi smartfonlarini shahar onlayn-do‘konlaridan 20 iyuldan boshlab sotib olish mumkin.

Sayt: realmeuzbekistan.uz

Facebook:  fb.com/realmeuzbekistan

Instagram: @realmeuzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top