13:58 / 16.07.2020
16024
Tojikistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida sezildi

16 iyul, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:45da Tojikistonda zilzila yuz berdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, zilzila koordinatalari: 39,23 gradus shimoliy kenglik; 71,73 gradus sharqiy uzunlik. Toshkentgacha masofa 311 kilometr janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda – 4,2, chuqurlik – 10 kilometr.

Zilzila O‘zbekistonning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

  • Namangan : 496 km, 2 ball;
  • Andijon: 485 km, 2 ball;
  • Farg‘ona: 431 km, 2 bal.

Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezilgan, Toshkentda sezilgan yerosti silkinishining kuchi 2 ballni tashkil etgandi.

Top