15:00 / 16.07.2020
18243
Reklama

Xalqaro universitet talabasiga aylanish imkonini qo‘ldan boy bermang! 

Foto: Amiti Universiteti

Hozirgi vaqtdagi pandemiya davri bo‘lajak talabalarning kayfiyati va imtihon uchun tayyorgarligiga o‘z ta'sirini o‘tkazishi tabiiy. Biroq siz har qanday noaniq vaziyatga qaramay, talaba bo‘lish imkoniyatiga egasiz. Sababi, Amiti universiteti 2020-2021 o‘quv yillari uchun, ikkinchi bosqich qabul jarayonlari davom etayotganligini ma'lum qiladi.

Jahonning eng yetakchi ta'lim dargohlaridan biri bo‘lgan Amiti universitetining Toshkent filialidagi bakalavr va magistratura yo‘nalishlariga bo‘lib o‘tgan imtihonlar O‘zbekistonda ilk marta sun'iy intellektni qo‘llash yordamida amalga oshirildi. 

Onlayn test sinovida qulaylik yaratish maqsadida talabalar avvaldan texnik talablar bilan tanishtirildi. Imtihon jarayonining ochiqlik prinsipi asosida shaffof o‘tishi va boshqa noqulay holatlarning oldini olish maqsadida test sinovlari sun'iy intellekt va hindistonlik 56ta mutaxassislar tomonidan kuzatib borildi.

Talabalarning bilimi quyidagi fanlar bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi:

B.Sc.(IT) – Matematika / mantiq

B.Tech.(CSE) – Matematika / fizika / kimyo

BBA/BA (H) (Economics) / BA (Tourism Administration) — Mantiq

M.Sc.(IT) – Matematika / mantiq

MBA – Mantiq

Zamonaviy universitet talabasi bo‘lish istagida bo‘lgan talabalar uchun eslatma! Bilimli va katta malakaga ega bo‘lgan ustozlardan bilim olishni va eng yaxshi talabalar safida bo‘lishni istasangiz, hali ham kech emas. Fursatni boy bermang! 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda. 

Arizalar joriy yilning 20 iyuliga qadar qabul qilinadi, shoshiling va safimizga qo‘shiling! 

Ma'lumot o‘rnida: Amiti universiteti Toshkent shahrida 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u “Amity Education Group“ dunyoga mashhur o‘quv guruhi tarkibiga kiradi. Shuningdek dunyoning yetakchi davlatlari: AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Niderlandiya, Singapur, Xitoy, Janubiy Afrika, Hindiston va boshqa mamlakatlarda kampuslarga ega bo‘lib, ularda 6000 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va 175000 dan ortiq talabalar tahsil oladi.
Toshkent shaxridagi Amiti universitetini tamomlagan bitiruvchilarga Hindistonning Amiti universiteti tomonidan taqdim etiladigan diplom beriladi va ushbu diplom O‘zbekiston Respublikasida xam oliy ma'lumotni tasdiqlovchi diplom sifatida qabul qilinadi. 

Ma'lumot uchun universitet veb-saytiga murojaat qiling: http://www.amity.uz

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Telegram: t.me/amityuniversitytashkent

Facebook: fb.com/amityuniversityuz

Instagram: instagram.com/amity_university_uz

Murojaat uchun telefonlar:

+998712079006

+998712079007

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top