Toshkent shahridagi Amiti Universiteti – bir necha yo‘nalishlarda bakalavr va magistratura dasturlarini taklif etadi.

Universitet Toshkent shahrida 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u “Amity Education Group“ dunyoga mashhur o‘quv guruhi tarkibiga kiradi. Shuningdek dunyoning yetakchi davlatlari: AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Niderlandiya, Singapur, Xitoy, Janubiy Afrika, Hindiston va boshqa mamlakatlarda kampuslarga ega bo‘lib, ularda 6000 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va 175000 dan ortiq talabalar tahsil oladi.

 Amity Education Group – universitetlari xalqaro QS va THE reytinglariga ko‘ra, dunyodagi eng yaxshi universitetlarining 3% safiga kiradi. Shuningdek, AQSh hamda Buyuk Britaniyada mintaqaviy AKKReDITATsIYadan o‘tgan Osiyodagi yagona oliy o‘quv yurtidir.

Universitetda axborot texnologiyalari, kompyuter muhandisligi, iqtisodiyot, turizm menejmenti va biznes boshqaruvi sohasidagi xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning boshqa oliy ta’lim muassasalaridan afzalliklari sifatida dunyodagi yetakchi universitetlar bilan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik, zamonaviy infratuzilma, universitetning global bitiruvchilar tarmog‘iga kirish va ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish kabilarni keltirish mumkin. Shu bilan bir qatorda 17 ta xalqaro kampusdan birida chet elda stipendiya asosida o‘qish va stipendiyalar hamda yuqori texnologiyali laboratoriyalarda tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati mavjud.