17:29 / 19.07.2020
7416
Bugungi kun zarurati: Kun.uz «Sog‘lom hayot» kanali faoliyatini yo‘lga qo‘ydi

Pandemiya sharoitida va umuman salomatlikka e'tibor masalasi har qachongidan ham muhim bo‘lib turgan bugungi kunlarda Kun.uz sayti va rasmiy sahifalarida tibbiy mavzudagi maqolalar hajmi ham ancha oshdi.

Shunga qaramay ma'lumotlar ko‘lami shu qadar kengayib bormoqdaki, ular sayt va rasmiy sahifalarga sig‘may ham qolmoqda.

Shu bois, mazkur yo‘nalishdagi qisqa, aniq va tezkor axborotga ehtiyoj yuqoriligini hisobga olib, Kun.uz sayti ijodiy jamoasi tomonidan «Kun.uz | Sog‘lom hayot» Telegram-kanali ishga tushirildi.

Kanalimizda siz tibbiyotga, xususan koronavirusga qarshi kurashga oid eng so‘nggi yangiliklar, zarur tavsiyalar, yetakchi mutaxassislar bilan mazmunli suhbatlar va qiziqarli faktlarni mutolaa qilishingiz mumkin bo‘ladi.

«Kun.uz | Sog‘lom hayot» orqali Sizga zarur va foydali axborot taqdim etib borishga intilamiz.

Mavzu
COVID-19: Foydali ma'lumotlar
COVID-19 profilaktikasi, simptomlari, davo choralari va mutaxassislar tavsiyalari
Barchasi
Top