09:03 / 21.07.2020
1262
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 97,2 trln so‘mni tashkil etdi

2020 yilning yanvar– iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 97,2 trln. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 93,9 trln. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 2,8 trln. so‘mni, baliq xo‘jaligi – 0,5 trln. so‘mni tashkil qildi. YaIM (YaQQ) tarkibida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining ulushi 24,1 foizni tashkil etdi. Mazkur tarmoqning YaIM mutlaq o‘sish sur'atiga ta'siri 0,6 f.p.ga teng bo‘ldi.

2020 yilning yanvar – iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 foizni (2019 – yilning yanvar – iyun oylari mos ravishda 2018 – yilning yanvar – iyun oyiga nisbatan – 2,4 foiz), shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 2,7 foiz (2,4 foiz), o‘rmon xo‘jaligi – 2,0 foiz (2,1 foiz), baliq xo‘jaligi – 16,7 foiz (2,0 foiz)ni tashkil qildi. 

2020 yilning yanvar – iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmining 96,6 foizi – dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 2,9 foizi – o‘rmon xo‘jaligi, 0,5 foizi – baliq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi. 

2020 yilning yanvar – iyun oylarida, hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Samarqand (10 901 mlrd. so‘m), Toshkent (10 751 mlrd. so‘m) va Andijon (10 075 mlrd. so‘m) viloyatlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2 797 mlrd. so‘m), Sirdaryo (3 008 mlrd. so‘m) va Navoiy (4 534 mlrd. so‘m) viloyatlarini keltirib o‘tish mumkin. 

Top