19:52 / 25.07.2020
6627

Avstraliya Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy da'volarini noqonuniy deb hisoblamoqda

Pekin o‘nlab yillardan buyon mintaqadagi bir nechta davlatlar bilan Janubiy Xitoy dengizidagi qator orollarning o‘ziga tegishliligi borasida bahslashib keladi.

Foto: AP Photo / Pool Photo/Ritchie B. Tongo

Avstraliyaning BMTdagi doimiy vakili  Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy da'volarini noqonuniy deb atadi. Bu haqda ABC korporatsiyasi xabar berdi.

"Avstraliya hukumati Xitoyning 1982 yilda BMTning dengiz huquqlari bo‘yicha konvensiyasiga zid barcha da'volarini rad etadi. Avstraliya Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi "tarixiy huquqlari" va "dengiz huquqlari va manfaatlari"ni inkor etadi", - deyiladi ABC jurnalisti Endryu Grin o‘z tvitterida joylashtirgan matnda.

Avstraliya mintaqada mazkur masala bo‘yicha da'voga ega bo‘lgan barcha tomonlarni bahsni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirgan.

Pekin o‘nlab yillardan buyon mintaqadagi bir nechta davlatlar bilan Janubiy Xitoy dengizidagi qator orollarning o‘ziga tegishliligi borasida bahslashib keladi. Bunda gap birinchi navbatda Sisha arxipelagi, Nansha va Xuan'yan orollari haqida boradi. Ushbu bahsga u yoki bu darajada Vetnam, Bruney, Malayziya va Filippin ham aralashgan. 

Mavzuga oid
Top