00:17 / 28.07.2020
21166
O‘zbekistonda bir kunda 600ga yaqin bemor tuzaldi. Bu yangi rekord

27 iyul kuni respublikaning 8 hududida jami 569 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 11674 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilangani haqida ma'lumot berdi.

Bugun mamlakat hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 569 nafari sog‘aydi. Shundan 337 nafari Toshkent shahridagi 20ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir.

  • Toshkent shahrida 337 nafar;
  • Toshkent viloyatida 75 nafar;
  • Qashqadaryoda 53 nafar;
  • Andijonda 32 nafar;
  • Namanganda 22 nafar;
  • Sirdaryoda 22 nafar;
  • Farg‘onada 15 nafar;
  • Jizzaxda 13 nafar.

«Shunday qilib, yurtimizda 11674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija shu yilning 25 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 359 nafar bemor tuzalgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top