Koronavirusga qarşi immun sut mahsulotlarini işlab çiqarişni ilk marta Nukus şahridagi “Panaev Farms” çorvaçilik korxonasi yölga qöydi va koronavirusga qarşi immunli sut mahsulotlari sotuvi boşlandi. Bu haqda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Kun.uz’ga ma’lum qildi.
2021 yilda Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi (hozirgi Innovatsion rivojlaniş agentligi) huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi Avstriyaning Vena tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda SARS-CoV-2 virusiga qarşi immun sutini oliş loyihasini boşlangandi.
2022 yilda Xalqaro molekulyar allergologiya markazining Biotexnologiyalar va komparativ tibbiyot sohasidagi olimlari ZF-UZ-VAC2001 Özbekiston-Xitoy vaksinasi bilan emlangan sigirlarning immun sutidan tajriba namunalari olişgan. Bunda nasldor sigirlar hamda Avstriya va Germaniyadan olib kelingan Golştin zotli sigirlar xavfsiz va samarali bölgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 dozasi bilan böğozlik davrida töliq emlangan. Olimlar emlangan sigirlarning oğiz sutida SARS-CoV-2 virusiga qarşi tanaçalar maksimal darajada bölişini aniqlaşgandi.
Ma’lum qilinişiça, ÖzR davlat standartlariga rioya etgan holda uzoq muddatli pasterizatsiya jarayoni sutning barça xususiyatlarini, jumladan, antitanaçalarning neytrallaştiruvçi faolligini saqlab qolgan.













