20:12 / 28.07.2020
161657
Xonanda Ruslan Sharipov vafot etdi

Ruslan Sharipov 54 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.

Foto: ruslansharipov_official / Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ruslan Sharipov 54 yoshda olamdan o‘tdi.

OAVda marhumning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, u insultdan vafot etgan.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati marhumning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirgan.

«O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ruslan Sharipov bugun 54 yoshda olamdan o‘tdi.

Ruslan Sharipov «Bolalar», «Setora», «Bayt» guruhlarini tashkil qilgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi marhumning oila-a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi», deyiladi xabarda.

Ruslan Sharipov 1966 yil Samarqand shahrida tug‘ilgandi. U qo‘shiqchi Nargiz Zakirovaning birinchi turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. Ularning bir farzandi bor – Sabina.

Top