23:52 / 30.07.2020
15651
Bir kunda 700dan ortiq bemor sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 14 mingga yaqinlashmoqda

30 iyul kuni respublikaning 10 hududida jami 743 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 13680 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 30 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha navbatdagi rekord qayd etilganini ma'lum qildi.

Bugun mamlakat hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 672 nafari sog‘aydi. Shundan 441 nafari Toshkent shahridagi 17ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir.

  • Toshkent shahrida 441 nafar;
  • Toshkent viloyatida 152 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 48 nafar;
  • Andijon viloyatida 33 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 16 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 15 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 13 nafar;
  • Namangan viloyatida 13 nafar;
  • Buxoro viloyatida 6 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 6 nafar.

«Shunday qilib, yurtimizda 13 680 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 29 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 672 nafar bemor tuzalgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top