00:46 / 30.07.2020
4495
Tramp AQShdagi yirik texnologik kompaniyalarga nisbatan chora ko‘rish bilan tahdid qildi
Foto: Reuters

2019 yil iyulda AQSh hukumati monopoliyaga qarshi qonunni buzish ehtimoli bo‘yicha Amazon, Facebook, Apple va Google kompaniyalariga nisbatan keng miqyosdagi surishtiruv ishlarini boshlashga tayyorlanayotgani ma'lum bo‘lgandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Amazon, Facebook, Apple va Google kompaniyalariga nisbatan chora ko‘rish bilan tahdid qildi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida yozdi.

"Agarda kongress yirik texnologik korporatsiyalar ko‘p yillar avval qilishi kerak bo‘lgan ish bo‘yicha ularga nisbatan adolatli yondashmaydigan bo‘lsa, buni men ijroiya farmonim yordamida amalga oshiraman. Vashingtonda ko‘p yillardan buyon faqat gap bo‘lmoqda va hech qanday harakat yo‘q, xalqimiz bundan to‘ydi", - deb yozdi u.

Chorshanba kuni AQSh kongressi vakillar palatasining monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha qo‘mitasida antimonopol surishtiruv bo‘yicha eshituv bo‘lib o‘tadi. Unda Amazon, Apple, Facebook va Google kompaniyalari rahbarlari chiqish qiladi.

2019 yil iyulda AQSh hukumati monopoliyaga qarshi qonunni buzish ehtimoli bo‘yicha ushbu kompaniyalarga nisbatan keng miqyosdagi surishtiruv ishlarini boshlashga tayyorlanayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Reuters agentligining ma'lumot berishicha, mazkur ish bo‘yicha vakolatlar Amazon va Facebook kompaniyalarini tekshirgan AQSh federal savdo komissiyasi hamda Apple va Google ishi bo‘yicha shug‘ullangan adliya vazirligi o‘rtasida taqsimlangan.

Top