09:46 / 04.08.2020
3211
Surxondaryodan Afg‘oniston va Pokistonga 41 mln. dollarlik loviya, mosh va no‘xat eksport qilindi

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari orqali viloyatdan jami 29,4 million AQSh dollarlik 20 ming tonnadan ortiq loviya mahsulotlari xorijga eksport qilingan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.

Xabar berilishicha, Surxondaryodan Afg‘oniston va Pokistonga 41 mln. dollarlik loviya, mosh va no‘xat eksport qilingan. Loviyaning asosiy xaridorlari Pokiston va Afg‘oniston davlatlari hisoblanadi.

«Yana bir jihat shundaki, pandemiya boshlangan davrdan ya'ni 2020 yilning mart oyidan shu kunga qadar Afg‘oniston va Pokiston davlatlariga 24,2 million AQSh dollarlik 14,1 ming tonna loviya eksport qilingan.

Shu bilan birga, joriy yilning o‘tgan davrida Surxondaryo viloyatidan mazkur ikki davlatga 9,4 million AQSh dollarlik mosh va 2,2 million AQSh dollarlik no‘xat mahsulotlari ham eksport qilindi. Hozirda ham mazkur mahsulotlarning eksporti bojxona postlarida tun-u kun amalga oshirilmoqda», – deyiladi hokimlik xabarida.

Top