17:25 / 09.08.2020
9810
Toshkentning Bobur ko‘chasida 24 yoshli Xitoy fuqarosi tunab ketildi

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, voqea 3 avgust kech soat 22:40da, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida ro‘y bergan.

Xitoy fuqarosi – 24 yoshli D.Ya. (ayol) boshqaruvidagi «Lacetti» to‘xtab turgan vaqtida noma'lum shaxslar uning mashinasiga o‘tirib, uni har xil so‘zlar bilan chalg‘itib, sumkasi va uning ichidagi fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, 5 000 AQSh dollari, 2 mln so‘m puli, qo‘l soati va Xitoy banklariga tegishli bank kartalarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Yakkasaroy IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergovga kirishilgan.

Dastlabki tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida jinoyatni 23 yoshli M.S. va 25 yoshli M.A.,lar sodir etgani aniqlanib, ulardan ashyoviy dalil tariqasida 3400 AQSh dollari o‘rnatilgan tartibda olingan.

M.S. va M.A.lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Top