14:55 / 13.08.2020
4013
Baribir oktyabrda: tarmoqda iPhone 12 taqdim qilinishining yangi muddati paydo bo‘ldi

Sentyabrda faqat Apple Watch Series 6 soatlari va iPad'ning yangi modellari taqdim etiladi.

Foto: EPA/Vostock-photo

iPhone 12 chiqarilish sanalari o‘zgargani haqida deyarli har oy e'lon qilinmoqda. Yaqindagina insayderlardan biri Apple kompaniyasining sentabr oyida katta taqdimot o‘tkazishni rejalashtirayotganini xabar qilgandi, ammo bu ma'lumot yanada taniqli manbalardan biri Jon Prosser tomonidan rad etildi. Unga ko‘ra, yangi smartfonlar 42-haftada, ya'ni 12-18 oktabr oralig‘ida chiqadi.

Apple iPhone 12 bazaviy modellari uchun oldindan buyurtmalarni darhol qabul qila boshlaydi, ularning sotuvi esa taqdimotdan keyingi haftada — 19-25 oktyabrda boshlanadi. Smartfonlarning Pro-versiyalariga buyurtmalar keyinroq olinadi — faqat noyabrdan boshlab. Manba aniq sanalarni aytmagan.

Apple Watch Series 6 aqlli soatlari va iPad'ning yangi modellariga esa onlayn-taqdimotsiz — kompaniya veb-saytida oddiy press relizdan foydalangan holda chiqariladi. Bundan tashqari, anons ancha avval — 37-haftada yoki 7-13 sentyabrda e'lon qilinadi.

Top