13:20 / 16.08.2020
4519
AQShda koronavirusni so‘lak namunasi bo‘yicha aniqlash usuli ishlab chiqildi 
Foto: TASS / EPA

AQSh hukumati so‘lak namunasi bo‘yicha koronavirusni aniqlovchi yangi testni qo‘llashga ruxsat berdi. Bunda burun-halqumdan surtma olish talab etilmaydi.
        
Yangi test SalivaDirect deb nomlanib, Yyel universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Tahlilni o‘tkazish uchun maxsus vositalar talab etilmaydi, so‘lakni istalgan maxsus idishga yig‘ish va test javobini AQShdagi ko‘plab laboratoriyalarda bilish mumkin. CNN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, tahlil javobini 3 soatdan kamroq vaqtda olish mumkin. SalivaDirect testi narxi laboratoriyalarda 10 dollarga yaqinni tashkil qilishi mumkin, bu AQShdagi boshqa mavjud testlardan ancha arzonroqdir.

AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri yordamchisi Brett Jiruarning ta'kidlashicha, bu yana bitta novatorlik yechimi bo‘lib, u koronavirusga testni o‘tkazish uchun resurslarga ehtiyojni kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, bunday usul tahlilni o‘tkazayotgan mutaxassislarning infeksiyaga chalinishi xavfini kamaytiradi.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top