10:51 / 20.08.2020
2470
Xitoyning Yanszi daryosida kemalar to‘qnashuvi vaqtida 14 kishi bedarak yo‘qoldi 

Xitoyning Yanszi daryosida ikki kema to‘qnashuvi oqibatida 14 kishi bedarak yo‘qoldi. Ularning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

Foto: Global Look Press

To‘qnashuv daryoning Shanhay yaqinidagi qismida soat 03:04da yuz bergan. Benzin olib ketayotgan tanker va shag‘al ortilgan barja to‘qnashib ketgan. Kemalar bortida umumiy hisobda ekipajlarning 17 a'zosi bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida barja cho‘kib ketgan, tryumida 3 ming tonna benzin olib ketayotgan tanker esa yonib ketgan.   

Qutqaruvchilar voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelishgan. Biroq ular suvdan 3 kishini tirik holda chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Jabrlanuvchilar yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan birining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.

Voqea joyida qolgan odamlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Top