AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 25 aprel, payşanba kuni Xitoyga rasmiy taşrifi doirasida Pekinga yetib keldi va u yerda Xitoyning yuqori martabali rasmiylari bilan muzokaralar ötkazişi rejalaştirilgan, deb xabar bermoqda AFP. 

AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken, Şanxay partiyasi kotibi Çen Jining bilan 2024-yil 25-aprel.
Foto: Mark Schiefelbein/REUTERS

Xitoy rahbariyati Blinkenning Xitoy yetakçisi Si Jinping bilan uçraşişi haqida heç qanday ma’lumot bermagan. Davlat kotibining ötgan yil iyun oyida oxirgi taşrifi çoğida bunday uçraşuv sönggi daqiqada e’lon qilingan edi, deb eslatadi AFP. 

Amerika tomonining xabarlariga köra, muzokaralarda Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi, Tayvan atrofidagi keskinlik, şuningdek, Xitoy va AQŞ örtasidagi savdo aloqalari muhokama qilinadi. Bir kun avval Entoni Blinken Şanhayga taşrifi çoğida Vaşington va Pekinni özaro keskinliklarga qaramay, «kelişmovçiliklarga mas’uliyat bilan munosabatda bölişga» çaqirdi. 

AQŞ Xitoyni Rossiyani qöllab-quvvatlayotganlikda ayblamoqda 

Xitoyga taşrifi oldidan Entoni Blinken Pekinni Rossiya mudofaa sanoatini qöllab-quvvatlayotganlikda aybladi. Davlat kotibining sözlariga köra, Xitoy muhim qurol komponentlarini yetkazib beriş orqali Kremlga yordam berişga katta hissa qöşgan. 

Bundan taşqari, AQŞ Pekinning Rossiya harbiy işlab çiqarişini qöllab-quvvatlaşini çeklaş maqsadida Xitoy ayrim banklarini jahon moliya tizimidan uzib qöyişi mumkin bölgan sanksiyalarni işlab çiqayotgani ma’lum böldi. 

Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbinning aytişiça, Xitoy AQŞning Rossiya bilan normal savdo munosabatlariga oid «asossiz ayblovlariga qat’iy qarşi». «Biz Amerika tomonining özi olovga moy sepib, lekin Xitoy tomonini ayblaganida ikkiyuzlamaçilikka qarşi çiqamiz. Xitoyning boşqa davlatlar, jumladan, Rossiya bilan normal iqtisodiy va savdo almaşiş huquqi daxlsizdir», dedi diplomat.