17:00 / 21.08.2020
12776
Apacer brendi O‘zbekiston bozorida

Apacer Technology Inc. https:// consumer.apacer.com/ru

Apacer - bu axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan qurilmalarni ishlab chiqaruvchi, dunyo miqyosida o‘zining ijodiy dizayni va noyob xususiyatlari bilan ajralib turuvchi yuqori sifatli mahsulotlarning keng doirasini taqdim etuvchi kompaniya.

Xotira modullarining yirik ta'minotchisi bo‘lgan Apacer kompaniyasi 1997 yildan beri doimiy ravishda texnologik mukammallik, shuningdek nafaqat yuqori sifatliligi, balki g‘oyat ajoyib tashqi ko‘rinishi bilan ham ajralib turuvchi mahsulotlarni yaratishga intilib kelmoqda.

Bugungi kunga kelib, Apacer dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida millionlab mijozlar tomonidan keng tan olingan va yigirma yildan ortiqroq vaqt ichida xotira kartalari, USB xotira qurilmalari, DRAM modullari, SSD va ko‘chma qattiq disklarni ishlab chiqarishda yetakchi kompaniyaga aylandi.

Mahsulotlarining a'lo sifati va innovatsion dizayni tufayli 2013-2017 yillarda aiwan Excellence va COMPUTEX Design & Innovation Award kabi ko‘rik-tanlovlarda bir qator g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

Apacer - bu yuqori sifat, keng assortiment va ijodiy dizayn.

Shu yildan boshlab Apacer brendi O‘zbekiston bozorida taqdim etilmoqda. Mahsulotlar turi eng talabchan foydalanuvchining istaklariga ham javob beradi.

Eng yorqin dizayndagi yangi mahsulotlari:

PHD AC633 USB 3.1 zarbaga chidamli qattiq disk

AC633 o‘ziga xos ichki ilgakka ega bo‘lib, u tebranishni kamaytiradi va tasodifiy tushish natijasida kelib chiqadigan zarbani kamaytiradi. Disk MIL-STD-810G 516.6. IV protsedura sinovidan (tushib ketganda qanchalik zarar yetishi bo‘yicha sinov) o‘tgan. Bu shuni anglatadiki, qurilma 1,22 metr balandlikdan tasodifan tushib ketganda ham unda saqlangan ma'lumotlar buzilmaydi. Ajoyib AC633 rezina qoplamasi suv va chang tushishidan himoya qiladi.

Chang yoki yomg‘irda u o‘z vazifalarini osongina bajara oladi va bu bilan sizning ma'lumotlaringiz har doim ishonchli saqlanadi.

SSD AS340 PANTHER 960 GB gacha sig‘imga ega

AS340 o‘z sinfidagi eng ishonchli, yengil va eng ingichka SSD xotira qurilmalaridan biridir. Disk tizimning yuqori darajada samarali ishlashini ta'minlash uchun yuqori sifatli Phison kontrolleri bilan jihozlangan. Ma'lumotlar uzatish tezligi – 550MB/s gacha. Hech qanday harakatlanuvchi qismlarga ega emasligi tufayli zarba va tebranishlarga chidamli. S.M.A.R.T. o‘z-o‘zini diagnostika qilish tizimi va ESS texnologiyasi ma'lumotlarni uzatishda qo‘shimcha xavfsizlik va ishonchlilikni ta'minlaydi. AS340 mukammal darajada barqaror ishlashi tufayli uzoq muddat xizmat qiladi va hatto uzoq vaqt ishlatilganidan keyin ham yuqori darajadagi samaradorlikni ta'minlaydi.

USB-flash AH25A USB 3.1

Suriladigan USB ulagichli o‘ziga xos uslubdagi zamonaviy AH25A slayderi futuristik dizaynga ega bo‘lib, uni bir qo‘lda ishlatish juda qulay. Estetika va qulaylikning o‘zaro uyg‘unligi – endi flesh-diskingizning qalpoqchasini yo‘qotib qo‘yishdan xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi! AH25A slayderining noyob tuzilishdagi botiq tugmachasi uni ulashni/chiqarib olishni ancha osonlashtiradi va ergonomikani yaxshilaydi. Bundan tashqari, ultra tez USB 3.1 interfeysi flesh-diskda saqlangan katta hajmdagi ma'lumotlarga tezkor kirishni ta'minlaydi.

O‘zbekistonda Apacer mahsulotlarini qayerda sotib olish mumkin?

MYCOM do‘konlari tarmog‘i

+998 (93) 511-80-08

Texnomart do‘konlari tarmog‘i

Texnomart.uz

+998 (78) 129-20-00

GOODZONE do‘konlari tarmog‘i

Goodzone.uz

+998 (71) 207-03-07

IDEA do‘konlari tarmog‘i

Ideastore.uz

+998 (71) 230-77-99

ARENA markaz do‘konlari tarmog‘i

Arenamarkaz.uz

+998 (78) 129-22-99

InterBrands elektronikalar do‘koni

Interbrands.uz

+998 (98) 000-50-30

Onlayn do‘konlar

Olcha.uz

+998 (71) 202-202-1

Andbo.uz

+998 (97) 155-06-88

Kansler.uz

+998 (78) 148-44-44

Esavdo.uz

+998 (71) 200-92-00

Archa.uz

+998 (99) 977-70-44

https://consumer.apacer.com/eng/where-to-buy.html?country=Uzbekistan

Reklama huquqi asosida​​​

Top