07:25 / 31.08.2020
15011
Vazirlar Mahkamasi tarkibida yangi sho‘'ba tashkil qilindi

Prezident “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilindi.

Tuman hokimligi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 32 nafardan iborat boshqaruv apparatining yangilangan tuzilmasi, tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining soni tasdiqlandi.

Tuman hokimiga tuman hokimligi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Direksiya direktori taklifiga asosan boshqaruv apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Belgilanishicha, Direksiyaning boshqaruv tuzilmasi, uning xodimlari cheklangan soni, ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorlari va tartibi erkin turistik zonaning Ma'muriy kengashi tomonidan belgilanadi.

Tumanda amalga oshiriladigan islohotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati tarkibida 3 ta shtat birligidan iborat Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘'basi tashkil qilindi.

Sho‘'ba shtat birliklari Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining 3 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantirilishi belgilandi.

Top