18:51 / 01.09.2020
20988
Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston shaharlarida sezildi

Tojikiston hududida yuz bergan zilzila kuchi Toshkent va Guliston hamda vodiy shaharlarida sezildi.

Foto: Global Look Press/Muhammad Fauzy

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 1 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:34da Tojikistonda yer silkinishi qayd etildi.

Yer silkinishi koordinatalari: 40,07 gradus shimoliy kenglik; 70,56 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,1. Chuqurlik 10 km. 

Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 175 km.

O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent: 175 km, 2 ball.
  • Namangan: 140 km, 2 ball.
  • Andijon: 171 km, 2 ball.
  • Farg‘ona: 110 km, 2 ball.
  • Guliston: 158 km, 2 ball.
Top