12:50 / 02.09.2020
4479
Toshkentda avtomobil salonidan 17 000 000 so‘m pulni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Joriy yilning 20 avgust kuni Olmazor tumani ichki ishlar organlariga Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan 29 yoshli Z.N. murojaat qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Z.N.ning ma'lum qilishicha, shu kuni taxminan soat 21:50da noma'lum shaxs avtomobil ochiq va qarovsiz qolganidan foydalanib, salondan 17.000.000 so‘m o‘g‘irlab ketgan. 

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar davomida o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs – 33 yoshli A.A. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Ogoh bo‘ling, avtomobilingizni ochiq holda va qarovsiz qoldirmang”, - deyiladi ma'lumotda.

Top