Toşkent viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari foş etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, holatlar Boş prokuratura huzuridagi departamentning Yangiyöl şahar va Parkent tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvlarda aniqlangan. YaTT M.A. kompyuter öyinlari xizmatini körsatiş obektida, fuqaro T.T. esa işlab çiqariş sexida elektr va gaz tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulanib, jami 333,8 million sömlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.













