16:06 / 09.09.2020
3132
Yunusobodda fuqaroga Angren shahridan yer olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ikki firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz`ga ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, fuqaro E.B. «A.» ismli shaxs bilan o‘zaro oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Angren shahridan 400 m2 yer maydoni olib berishi evaziga, 2 300 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan E.B. va «A.» ismli shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor tadbir Departament va DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan.

Toshkentda qalbaki 400 dollar muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bektemir tumanida fuqaro E.G. chet el valutasining qalbaki ekanini oldindan bila turib, o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, fuqaro M.ga qalbaki 400 dollarni 2,5 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan E.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tezkor tadbir Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

Top