14:36 / 14.09.2020
7916
Sirdaryoda «Neksiya-3» va «Gazel» to‘qnashuvi oqibatida 20 yoshli yigit vafot etdi

YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 14 sentabr kuni soat 09:00larda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani, Kamolot MFY hududidan o‘tgan M39 avtomobil yo‘lining 874-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan I.X. xavfsizlik kamarini taqmasdan “Neksiya-3” rusumli avtomobilda tezlikni me'yoridan oshirgan holda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning chap tomonidagi daraxtga urilib, qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, “Neksiya-3” rusumli avtomobil haydovchisi, 20 yoshli I.X. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

“Gazel” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi, 46 yoshli O.D. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, “Neksiya-3” va “Gazel” rusumli transport vositalari haydovchilarining har biri bir yil mobaynida 5 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.

“Barcha haydovchilardan tezlik me'yoriga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Top