21:26 / 21.09.2020
12143
Mahalla raislari fuqarolarni paxtaga chiqishga majburlamaslik haqida ogohlantirildi

O‘zbekistondagi mahalla raislari va MFY xodimlari fuqarolarni paxtaga majburiy jalb qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi bosh davlat mehnat huquqi inspektori Gulruh Niyozmetova ma'lum qildi.

Inspeksiya vakiliga ko‘ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan 2020 yilning sentabr oyi boshlangunga qadar «Majburiy mehnatdan ogoh bo‘ling» uslubiy qo‘llanmasi respublikadagi barcha mahalla xodimlariga tarqatilgan.

«Bundan ko‘zlangan maqsad – MFY xodimlarining mehnat huquqi to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishdan iborat», – dedi Gulruh Niyozmetova 21 sentyabrdagi matbuot anjumanida.

Shu bilan birga, inspeksiya vakilining ma'lum qilishicha, budjet tashkilotlari xodimlari ishdan bo‘sh vaqtlarida paxta terimiga ixtiyoriy chiqishlari mumkin.

Top