14:25 / 21.09.2020
4687
Shtab a'zosi koronavirusga chalinganlarni grippga qarshi emlash mumkinligi haqida gapirdi

Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtab a'zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusga chalingan yoki kasallikdan tuzalganlarga grippga qarshi vaksina qilish qanchalik to‘g‘ri bo‘lishi haqidagi savolga javob qaytardi.

«Covid-19 bilan kasallanib tuzalgan bemorlarga grippga qarshi vaksina qilish mumkin», degan u AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Mutaxassis grippga qarshi vaksina bir yillik vaksina bo‘lib, u har yili uchrashi mumkin bo‘lgan grippning shtammlariga qarshi ishlab chiqilishi, shu bilan birga, bu vaksina bilan inson organizmi aynan grippning shu shtammlariga qarshi immunitet hosil qilishi haqida gapirgan.

«U Covid-19 bilan kasallangan va tuzalgan bemorlarni kuz-qish mavsumida grippdan ma'lum darajada himoya qiladi yoki kasallik yengil kechishini ta'minlab beradi», dedi u.

Brifing davomida emlash qanday bemorlarga mumkin emasligiga aniqlik kiritilgan:

  • OITS kasalligining turli bosqichlarida;
  • vaksina tarkibidagi ad'yuvanti, ya'ni vaksina ishlab chiqilgan asosiy vosita va qo‘shimchalariga nisbatan allergik holat;
  • bolalarda miyaning organik qismida o‘zgarish keltirib chiqaruvchi nevrologik kasalliklarning zo‘rayib borishi davri.

«Barcha somatik kasalliklar avj olish davrida tana haroratining 38 darajadan yuqori ko‘tarilishi, diareya, ich ketish, qusish, tutqanoq, qon bosimi ko‘tarilishi yoki tushishi, kuchli og‘riq sindromida va hokazolar o‘tib ketganidan keyin shifokor ko‘rigidan o‘tib sog‘lom deb tashxis qo‘yilganida, tibbiyot muassasasida shifokor-immunolog, pediatr yoki terapevt nazorati ostida emlanish kerak», degan shtab a'zosi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top