Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politico: YeIda 215 mln doza kovidga qarshi vaksinalar ishlatilmagan
Ushbu dozalarni sotib olish uchun to‘rt milliard yevro sarflangan. O‘rtacha, Politico hisob-kitoblariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida har bir kishi uchun 0,7 vaksina dozasi yo‘qotilgan.
Foto: Yu. Statsyavichyus/LRT
Yevropa Ittifoqida pandemiya avjida sotib olingan kamida 215 million doza koronavirusga qarshi vaksinalar ishlatilmay qolib ketgan. Bu haqda 18 dekabr, dushanba kuni Politico nashri xabar berdi. Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu vaksinalarni sotib olishga kamida to‘rt milliard yevro sarflangan.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, bu faqat taxminiy hisob-kitob, chunki Yevropa Ittifoqining atigi 15 ta davlati jurnalistlarga foydalanilmagan vaksinalar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan, yana to‘rtta davlat bo‘yicha ma’lumotlar ochiq manbalarda topilgan. Bundan tashqari, Politico qayd etishicha, vaksinalarni sotib olish narxlari oshkor etilmagan.
Taxminiy hisob-kitoblar
Nashr taxminicha, aslida hisobdan chiqarilgan yoki yaqin kelajakda utilizatsiya qilinadigan kovidga qarshi vaksinalarning foydalanilmagan dozalari ancha ko‘p. Politico hisob-kitoblariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida bir kishiga 0,7 vaksina dozasi yo‘qotilgan (Estoniya uchun bu ko‘rsatkich - 1,1, Irlandiya uchun - 0,16).
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berilgan va xaridorlar tomonidan puli to‘langan vaksinalarning bir qismi koronavirus yangi variantlariga qarshi samaradorligi pastligi sababli talabga ega bo‘lmagan.
Politico eslatishicha, koronavirusga qarshi vaksinalarning yirik ishlab chiqaruvchilardan biri - Pfizer kompaniyasi bilan Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan 2027 yilgacha shartnoma tuzilgan. Vaksinalarni sotib olishdan bosh tortgan Polsha va Vengriyani Pfizer sudga bergan.
Mavzuga oid
10:00
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
10:36 / 22.12.2025
Ushakov: Ukraina, YeI va AQSh takliflarining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelmaydi
16:05 / 20.12.2025
Kiyev YeI sammiti haqida: RFning Ukrainani qulatishga qaratilgan hisob-kitobi barbod bo‘ldi
15:21 / 20.12.2025