09:55 / 23.09.2020
11075
Avgust oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etildi?

2020 yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 138 646ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan

Joriy yilning avgust oyida respublika bo‘yicha eng ko‘p nikoh 5035ta qayd bilan Farg‘ona viloyatida kuzatildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 138 646ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 973taga kam.

Joriy yilning 8 oyida FHDYo organlarida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Farg‘ona – 15 611ta, Samarqand – 14 282ta, Qashqadaryo – 14 261ta, Andijon – 13 029ta va 13 011ta bilan Toshkent viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.

Ma'lumot o‘rnida, respublika bo‘yicha 8 oyda eng kam nikoh holatlari Navoiy (4320ta) viloyatida qayd etilgan.

Top