14:09 / 08.10.2020
9720

«Katta bo‘lsam bokschi bo‘laman» – Tanasining 70 foizi kuyib, 28 ta operatsiyani boshidan o‘tkazgan Ozodbekka yordam zarur

Foto: KUN.UZ

Insonga Alloh tomonidan berilgan ne'matlar ichida eng yaxshilaridan biri bu – albatta, farzand ne'matidir. Jondan aziz bu ne'matni ota-ona asrab-avaylaydi, voyaga yetkazadi. Agar unga biron ozor yetgudek bo‘lsa, ota-ona undanam ko‘proq ozor chekadi.

Tahririyatimizga farzandining dardi sabab tun-u kun halovati yo‘qolgan xorazmlik ota murojaat qildi. Uning aytishicha, o‘g‘li Saidmurotov Ozodbek 8 yoshga to‘lgan. 2018 yilda ustiga qaynab turgan qozon ag‘darilib, 70 foiz kuyib qolgan. Hozirga qadar 28 ta operatsiyani boshidan o‘tkazgan.

«Hozirda O‘zbekistonda opratsiyani o‘tkazib bo‘lmas ekan. Shu sababli Hindiston bilan bog‘landik. Navbatdagi operatsiya uchun 15 ming AQSh dollari kerak ekan. Uyimdagi chorva mollarini, bor-budimni sotib, 4 ming 600 AQSh dollari yig‘dik. Yana 10 ming AQSh dollari kerak. Lekin bu mablag‘ni topa olmayapman. Shu sababli xalqimizga, saxovatpesha insonlarga yordam so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lyapman.

Hech kimning farzandi bunday ahvolga tushmasin. Kelajakda mendan norozi bo‘lib yashamasligi uchun hozir bor kuchim bilan davolatishga harakat qilyapman. Hozir qo‘l barmoqlarini ochib ishlatishi, shuningdek, orqa teshiklarini ham ochish kerak. O‘zimning oyoqlarimdan ham teri olingan. O‘g‘lim sog‘ayib ketsin. Albatta, uni xalqimizga kerakli inson etib tarbiya qilaman», – deydi Ozodbekning otasi To‘lqin Sayidmurotov.

Bemor bolajon Ozodbekni kuzatar ekanmiz, uning sho‘xligi, beg‘ubor qalbi bizni judayam ta'sirlantirdi. Kuygan bir qo‘liga qarab: «Katta bo‘lsam bokschi bo‘laman», – deydi bolakay.

Aziz va saxovatpesha yurtdoshlar. Sizlarga havola qilayotgan ushbu xayriya aksiyamizga befarq bo‘lmaysiz degan umiddamiz. Imkoniyat yetguncha, qo‘ldan kelgancha yordam qo‘lini cho‘zaylik. Zero, yaxshilik inson umriga umr, rizqiga rizq qo‘shadi. Qilgan yaxshiliklaringiz oxiratda nur bo‘lib yo‘lingizni yoritsin.

Bemor Ozodbek Sayidmurotovga oid ma'lumotlar:

Otasi To‘lqin Seyitmurotov nomiga ochilgan kartalar:

UzCard: 8600 0417 9877 9071

Visa Card: 4187 8000 0021 76 12

Sberbank: 5336 6901 6642 9854 (xolasi Anorgul Murotova nomida)

Telefon: +998998164217 (To‘lqin Seyitmurotov)

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top