18:15 / 13.10.2020
21877
Qirg‘iziston prezidenti parlamentning Japarovni bosh vazirlikka tayinlash to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi

10 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov boshchiligidagi vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqlagandi.

Foto: president.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat parlamentining Sadir Japarov boshchiligidagi hukumat tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

"Kvorum ta'minlanmagan, kvorumsiz qabul qilingan qarorlar noqonuniy va yuridik kuchga ega emas deb topiladi. Shu sababli Qirg‘iziston prezidenti apparati taqdim etilgan hujjatlarni parlamentga qaytardi", - deyiladi xabarda.

 Eslatib o‘tamiz, 5 oktabr kuni Bishkekda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi ikki partiya g‘olib chiqqan parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar boshlandi. Namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi halok bo‘ldi.

6 oktabr kuni parlament a'zolarining bir qismi bosh vazirlikka Sadir Japarov nomzodini ma'qullab ovoz berdi.

10 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov boshchiligidagi vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqladi.

 

Mavzu
Qirg‘izistonda hukumat almashinuvi
Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan muxolif partiyalar inqilob amalga oshirishdi.
Barchasi
Top