10:01 / 14.10.2020
7577
Afg‘onistonda ikkita harbiy vertolyot to‘qnashishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi 

Afg‘onistonning Gilmand viloyatida mamlakat harbiy-havo kuchlariga qarashli ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. 

Tolo News telekanalining xabar berishicha, voqea vertolyotlar maxsus kuchlar jangchilarini tushirib, bortiga yarador jangchilarni olgandan keyin yuz bergan.

Afg‘oniston mudofaa vazirligida hozircha ushbu hodisaga izoh berilmagan.

Top