09:09 / 15.10.2020
18510
Yunusobodda qarzdorning yashirib qo‘yilgan Range Rover avtomashinasi topildi

Garovdagi Range Rover avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati asosida MIB tuman bo‘limi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.

Toshkent shahrida Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor J.I.dan undiruvchi "Engil kredit Mikrokredit Tashkiloti" MChJ foydasiga jami 31 866 463 so‘m qarzni undirish belgilangan. 

Undiruvni esa qarzdorga tegishli bo‘lgan garovdagi Range Rover avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati joriy yilning 11 fevral kuni kelib tushgan. MIB tuman bo‘limi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. 

Majburiy ijro harakatlari davomida ijro hujjatining ijrosini ta'minlash maqsadida, qarzdorga tegishli bo‘lgan  avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e'lon qilingan. Qarzdor avtotransport vositasini uzoq vaqt mobaynida yashirib yurishiga qaramay davlat ijrochisi B.Musayevning sa'y-harakatlari natijasida ushlangan. Qarzdor avtotransport vositasini elektron auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida ogohlantirilganidan so‘ng, undiruvchiga 31,8 mln so‘m qarzni to‘liq to‘lab berdi. Mazkur ijro ishi qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.

Top