Toşkent şahar hokimi Şavkat Umrzoqov Avstraliyaning Sidney şahri tajribasidan kelib çiqib poytaxtning mahalla va köçalari obodonlaştirilişini ma’lum qildi. Rekonstruksiya işlarida Sidney tajribasiga tayanilişi aytilmoqda.

Toşkent şahri hokimi Şavkat Umrzoqov salkam 2 haftadan beri poytaxt tumanlarida bölib, mahalla va köçalarning şaroiti, hududlarning foydalaniş quvvatini örganmoqda.

9 aprel kuni Yunusobod tumani Şoştepa mahallasiga bölgan taşrifida Umrzoqov köça va mahallalarni obodonlaştiriş Sidney tajribasi asosida qilinişi kerakligini aytib, ideal şaroitlar nafaqat şahar markazida, balki eng oğir va çekka mahallalarda ham bölişi zarurligini ta’kidlagan. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

2021 yilda qabul qilingan Sidneyning “köça kodlari” hujjati 443 varaqdan iborat. Unda texnik-iqtisodiy şartlar, ularni loyihalaş va ta’mirlaş böyiça körsatmalar kabi obodonlaştiriş va rekonstruksiya işlarida e’tibor qaratilişi kerak bölgan muhim jihatlar körsatilgan. Poytaxt hokimiyati matbuot kotibi Gulnoza Qosimovaning Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, köça va mahallalarga ayni Sidney tajribasi töliq joriy etilmaydi, “aslida bu biz uçun yöriqnoma emas, qöllanma”, deydi u.

Qayd etilişiça, şular asosida hokim barça mahallalarda qöllanadigan standart va normalar işlab çiqilişini ta’kidlagan.

“Avvallari obodonlaştiriş 2-4 ta uydagi muammolarni bartaraf etişni anglatardi va böldi şu. Biz endi bu yondaşuvdan uzoqlaşamiz. Endi aholi sonidan kelib çiqib, biz atrofida qança “skameyka” bölişi kerakligini aniqlaymiz, masalan, 1 yoki 17 ta uy, neçta öyin maydonçasi bölişi va ular qayerda qurilişi kerak, qança vorkaut zonasi kerak, bolalar maydonçasi qayerda bölsin, keksalar qayerda dam olişi kerak, amfiteatr, xiyobon qayerda bölişi kerak, daraxtni qayerga ekiş kerak, ya’ni qayerlarda ularni suğorsa böladi, qança çiqindini yiğiş punktlari bölişi kerak, sut dökonini qayerga qöyiş kerak, qayerlarda noqonuniy binolar bor va hokazo”, – deya şahar hokimidan iqtibos keltirgan Gazeta.uz.

Taşrif davomida taqdimot qilgan Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyevning aytişiça, tuman markazida “diqqatga sazovor joy”, şuningdek, piyodalar yölaklari, amfiteatr va boşqa obektlar böladi. Qöşimça qilinişiça, hokimning topşiriği asosida aholi uçun “Sidney kodlari” böyiça şaroitlar yaratiladi, şuning uçun örindiqlar, köçalarni yoritiş va boşqa elementlar soni özgarişi mumkin.